49 ta qirg‘iz televizori O‘zbekistonga yetib kelmadi

eʼlon qilindi
Yuk Norin daryosi orqali olib o‘tilishi rejalashtirilgan edi
Foto: Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi

Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi Oʻzbekistonga 49 ta televizorni noqonuniy olib o‘tishiga chek qo‘ydi, deb xabar qildi qo‘mita matbuot xizmati.

27 fevral kuni Qirgʻiziston huquq-tartibot idoralari xodimlari Norin daryosida Oʻzbekistondan suzib ketayotgan ikki nafar nomaʼlum shaxsni payqab qolishgan.

Ularning ortidan kuzatgan chegarachilar u shaxslarning sheriklarining uyini topdilar. Uy hovlisida Hyundai Porter avtotransportiga yuklangan 49 ta televizor va uchta puflama qayiq borligi aniqlangan.

Tekshiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, shaxlar avtomobilni televizorlar bilan Qirg‘izistondan O‘zbekistonga olib ketishni reja qilishgan.

Kontrabanda yukining umumiy qiymati qariyb 900 ming qirg‘iz so‘mini (125 million so‘m) tashkil etdi.

Avvalroq Kursiv Saratov viloyatidan to‘rt nafar o‘zbek xo‘rozi vataniga ekstraditsiya qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek