Dollarning qiymati qariyb 20 so‘mga o‘sdi
eʼlon qilindi
Kecha uning o‘rtacha narxi 9,10 so‘mga pasaygan edi
27-fevral kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha kursi 19,11 so‘mga ko‘tarildi va 12 500,01 so‘mni tashkil qildi.
Bugun mamlakatning tijorat banklari AQSh valyutasini 12 420 – 12 440 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 480 – 12 545 so‘mdan sotishmoqda.
Estalib o‘tamiz, 26-fevral kuni dollarning narxi 9,10 so‘mga pasaygan edi.