Krishtianu Ronaldu jarimaga tortilishi mumkin – video

eʼlon qilindi
O‘yin tugaganidan so‘ng, muxlislar Messining ismini hayqirishdi
Foto: Al-Nasr

Saudiya Arabistoni ligasi tartib-intizom qo‘mitasi Krishtianu Ronalduni o‘yin vaqtida Al-Shabab muxlislariga nisbatan sportga xos bo’lmagan xatti-harakatlari uchun ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilishi va jarima tortishi mumkin, deb xabar beradi Dailysports.

25-fevral kuni Al- Shabab- Al-Nasr o‘yini bo‘lib o‘tdi va 2:3 hisobida Ronaldu jamoasi g‘alaba qozondi.

O‘yin tugaganidan so‘ng, muxlislar Messining ismini hayqirishdi, Ronaldu esa chap qo‘lini qulog‘iga qo‘yib va o‘n qo‘lini belidan past qismiga qo‘yib Al-Shabab muxlislariga javob qaytardi.

Agar aybi isbotlansa, Ronaldu jarimaga tortilishi yoki diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Al-Nasr ayblovlarni rad etib, video sun’iy ravishda yaratilganini da’vo qilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Ronaldu eronlik qizni o’pgani uchun 99 darra olishi mumkinligini yozgan edi.

Shuningdek