O‘zbekistonning jangovar xo‘rozlari o‘z vataniga ekstraditsiya qilindi

eʼlon qilindi
Hujjatlar bilan bog'liq muammolar tufayli
Foto: Rosselxoznadzorning Saratov va Samara viloyatlari bo‘yicha boshqarmasi

Saratov viloyatiga O‘zbekistondan to‘rtta jangovar xo‘roz olib kirilishi to‘xtatildi. Qushlar respublikaga qaytariladi, deya xabar beradi Rosselxoznadzorning Saratov va Samara viloyatlari bo‘yicha boshqarmasi.

Rossiya huquq-tartibot idoralari xodimlari O‘zbekistondan Rossiya Federatsiyasi hududiga kirib kelayotgan avtomashinani tekshirish chog‘ida unda xo‘rozlar borligini aniqladi.

Tekshiruv chog‘ida xo‘rozlar haqida bo‘lgan hujjatda ularning karantinga qo‘yilgani va yuqumli kasalliklarga tekshirilgani haqida ma’lumot berilmagani ma’lum bo‘ldi.

Avvalroq Kursiv O‘zbekiston fuqarosi shoxli bosh suyagini Rossiyadan olib chiqishga uringani haqida yozgan edi.

Shuningdek