Yanvar oyida O‘zbekiston 1,6 mingga yaqin elektromobil import qildi, ularning aksariyati Xitoydan keltirildi, deya xabar beradi Statistika agentligi.
2024-yilning birinchi oyida mamlakatga 1594 ta elektromobil olib kirildi. Shundan 1577 ta avtomobil Xitoydan olib kelingan. Qolganlari Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa mamlakatlarda sotib olingan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini rivojlantirish dasturi ishlab chiqilishi rejalashtirilmoqda.
Mamlakatda ushbu turdagi avtomobillar sotuvi so‘nggi uch yil ichida o‘n barobar oshdi.