Qaysi banklarda dollar va yevroni qulay narxlarda sotish va sotib olish mumkin
27-fevral holatiga koʻra, dollarning rasmiy kursi — 12 480 soʻmni, yevro esa — 13 529 soʻmni tashkil qildi. «Kursiv» Oʻzbekistondagi qaysi banklar kassalaridan xorijiy valyutani sotib olish va sotishda qulay tariflar mavjudligini oʻrganib chiqdi.
Dollar
27-fevral holatiga koʻra, AQSh dollarini xarid qilish qulay kurs Biznesni Rivojlantirish Bank — 12 445 so‘m, Poytaxt bank — 12 440 so‘m va Infinbankda — 12 435 so‘mni tashkil qiladi.
Shuningdek, dollar sotishning eng yaxshi kursi, Hayot Bank, Asia Alliance Bank kassalarida — 12 485 soʻm va Infinbankda — 12 480 so‘m belgilangan.
Yevro
Yevroni xarid qilish eng qulay kurs Uzum banki (13340 soʻm), Oʻzbekiston milliy banki – 13330 soʻm va Octobank’da – 13300 soʻm.
Avvalroq, «Kursiv» 5-fevral kuni O‘zbekistonda dollar kursi ilk bor 12 500 so‘mdan oshgani haqida e’lon qilgan edi.