O‘zbekiston Ural dori vositalarini import qiluvchi mamlakatlar ro‘yxatida birinchi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
O‘zR Rossiya hududidan $5 millionlik dori vositalari xarid qildi
Foto: Unsplash

2023-yil oxirida O‘zbekiston Ural dori vositalarining asosiy importchisiga aylandi. O‘tgan yili korxonalar tomonidan O‘zR’ga $5 millionlik 166 tonna dori vositalari jo‘natildi.Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Federal bojxona xizmati matbuot xizmati xabar berdi.

 “Ural farmatsevtika bozori xorijiy iste’molchilar uchun jozibador bo‘lishda davom etmoqda. Viloyat korxonalarida ham sifati, ham narxi bo‘yicha xorijnikidan qolishmaydigan dori vositalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, – deydi viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘i Aleksey Frolov.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili 2023-yilning birinchi yarmida Oʻzbekiston Qozogʻistonga 89,7 tonna dori-darmon yetkazib bergan edi, bu 2022-yilning shu davriga nisbatan 15,8 foizga koʻp degani xabar berilgan edi.

Shuningdek