Rossiyadan benzin eksportini taqiqlash O‘zbekistonga ta’sir qiladimi
eʼlon qilindi
Cheklov 1-martdan joriy qilinadi
Rossiya 1-martdan boshlab benzin eksportini taqiqlaydi, deb yozadi RBK RF bosh vaziri Mixail Mishustin qaroriga tayanib.
Rossiyada talab ortishi sababli eksport cheklanadi. Xabarda aytilishicha, taqiq olti oy davom etadi. Ammo cheklov barcha mamlakatlarga ta’sir qilmaydi. Yetkazib berish YeOII davlatlari, Mo‘g‘uliston, O‘zbekiston, Abxaziya va Janubiy Osetiya bilan tuzilgan shartnomalar asosida davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hozirda benzinga bo‘lgan ehtiyojni ichki resurslar hisobidan qoplay olmayapti. Shuning uchun yonilg’ining bir qismi import qilinadi. Rossiya esa faol yetkazib beruvchi hisoblanadi.
Avvalroq «Kursiv» yanvar oyida O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish deyarli 11 foizga kamaygani haqida yozgan edi.