Saida Mirziyoyeva: “Texnologiyalar yordamida bugungi kunimiz, kelajagimiz jadal va muvaffaqiyatli rivojlanadi”
26-fevral kuni Oʻzbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva Qatarda boʻlib oʻtgan jahonning eng yirik texnologik veb-sammiti — «Web Summit Qatar 2024» da ishtirok etdi.
«Texnologiyalar yordamida bugungi kunimiz, kelajagimiz jadal va muvaffaqiyatli rivojlanadi. Ammo barcha uchun porloq kelajakka erishishni istasak, hamkorlikdagi loyihalarni va global maqsadlar yoʻlidagi saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlamoq zarur», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva
Sammit sarmoyadorlar, jurnalistlar va hamkorlar oʻrtasida tanishuv va muloqot maydoni boʻlib xizmat qildi. Unda soʻnggi innovatsiyalar va texnologik tendensiyalar: sunʼiy intellekt, moliyaviy texnologiyalar va barqaror rivojlanish masalalari muhokama qilindi.
Ishtirokchilarning asosiy maqsadlaridan biri sarmoya jalb etishdir. Sammitda investorlar, venchur kapitalistlar va investorlar ishtirok etmoqda. Startaplar oʻz loyihalarini taqdim etishlari, potensial investorlar bilan uchrashishlari va moliyalashtirish masalalarini muhokama qilishlari mumkin.
Avvalroq Saida Mirziyoyeva Doha shahrida Oʻzbekistonning hunarmandchilik anʼanalari koʻrgazma loyihasini taqdim etgani haqida xabar bergan edik.