Toshkentda mebel sexi yonib ketdi
eʼlon qilindi
Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 27-fevral, seshanbaga o‘tar kechasi mebel sexida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar berdi O‘zR Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV).
Yong‘in haqida ma’lumot vazirlikka soat 00:13 da kelib tushgan. Qutqaruv guruhi voqea joyiga to‘rt daqiqada yetib bordi. Soat 01:29 da yong‘in o‘rab olindi, shundan so‘ng o‘chirildi.
Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Ijtimoiy tarmoqlarda yong‘in sobiq «Algoritm» zavodi hududida sodir bo‘lgani haqida ma’lumot tarqaldi.
Avvalroq «Kursiv» Toshkent viloyatidagi avtobus yong‘inlari haqida yozgan edi.