Vengriya Shvetsiyaning NATOga a’zoligini ma’qulladi

eʼlon qilindi
Avvalroq Turkiyada ham xuddi shunday qaror qabul qilingan edi
Foto: Piqsels

Vengriya parlamenti Shvetsiyaning NATOga kirishi haqidagi kelishuvni ratifikatsiya qildi, deb xabar berdi «TASS».

188 deputat Shvetsiyani mudofaa alyansiga kiritishni yoqlab chiqdi, olti kishi qarshi ovoz berdi.

Vengriyaning qaroriga Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kristerssonning Budapeshtga tashrifi ta’sir ko’rsatdi. Uning safari natijasi Vengriya harbiy-havo kuchlari uchun to’rtta shved harbiy samolyotini yetkazib berish bo’yicha kelishuv bo’ldi, shundan so’ng tomonlar ular o’rtasida kelishmovchiliklar yo’qligini e’lon qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil yanvar oyi oxirida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Shvetsiyaning Shimoliy Atlantika ittifoqiga kirishini ma’qullagan edi.

Avvalroq Kursiv AQSh prezidenti Jo Bayden NATO bosh kotibi lavozimiga Niderlandiya bosh vaziri nomzodini qo‘llab-quvvatlashi haqida yozgan edi.

Shuningdek