28-fevral kuni O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmoqda
eʼlon qilindi
Qor ko‘chishi xavfi bor
Bugun, 28-fevral kuni havo bulutli bo‘lishi mumkin, respublikaning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kutilmoqda. Ba’zi joylarda tuman tushishi ehtimoli bor. Havo harorati 0-5 iliq bo‘ladi, deb xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkent shahrida havo bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yoki qor yog‘ishi ehtimoli bor. Ertalab va kechasi tuman tushishi mumkin. Harorat kunduzi 4-6° iliq, kechasi 1-3° sovuq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda qor yog‘ishi kutilmoqda. Tuman tushadi va qor ko‘chishi xavfi bor. Havo kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi, kechasi 5-10 sovuq.