Yangiliklar

Apple endi elektromobillar ishlab chiqarishni xohlamaydi

SI endi ustuvor vazifadir
Фото: Reuters

Amerikaning Apple texnologiya kompaniyasi o’n yildan so’ng elektromobil loyihasini bekor qildi, deb xabar berdi Bloomberg manbalarga tayanib.

Seshanba kuni Apple kompaniyasining elektromobillarni ishlab chiqish bo’limi xodimlari o’rtasida rahbariyat bayonoti tarqatildi. Unda aytilishicha, loyiha to’xtatiladi va ko’plab ishchilar sun’iy intellekt (SI) bo’limiga o’tkaziladi, chunki bu soha kompaniya uchun ustuvor ahamiyatga ega. Ba’zilari ishdan bo’shatiladi, ammo ularning soni hali ma’lum emas.

Jurnalistlarning ta’kidlashicha, investorlar bu xabarni ijobiy qabul qilgan. Nyu-Yorkdagi savdolar yakuniga ko‘ra Apple aksiyalari 1 foizga oshib, har bir aksiya narxi 182,6 dollarni tashkil qildi.

Apple 2014-yilda Titan loyihasi doirasida elektromobillar ustida ishlay boshlagan. Mashinaga ovozli navigatsiya o‘rnatilishi, avtomobilning ichki qismi esa limuzinga o‘xshash bo‘lishi rejalashtirilgan edi.

Menejment va strategiyadagi takroriy o’zgarishlar tufayli mashinani yaratish jarayoni qiyinchiliklarga duch keldi. Agentlik taʼkidlashicha, loyihani toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, Apple elektromobil ishlab chiqarish uchun hali ham yillar kerak edi.

Avvalroq «Kursiv» Apple kompaniyasi dasturchilar uchun sun`iy intellekt xizmatini ishlab chiqmoqchi ekanligini yozgan edi.