BRBning “biznes portali” startaplar uchun 52 mingta murojaatlarni qabul qildi
28-fevral holatiga ko‘ra, Biznesni rivojlantirish banki qoshidagi Biznes portaliga startap g‘oyalar bilan bog‘liq 52 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida (AIMK) kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan brifingda ma’lum qilindi.
Portal orqali taklif etilgan loyihalar qiymati 5 trillion so‘mdan oshdi.
Umumiy qiymati 2 trillion so‘mdan ortiq bo‘lgan loyihalar ko‘rib chiqishning birinchi bosqichidayoq ijobiy baholandi.
Biznesni rivojlantirish bankida «Biznes portali» 2024-yil 1-yanvardan ish boshladi. Uni yaratishdan maqsad O‘zbekistonda biznes jarayonlarini tashkil etish va muvofiqlashtirishdir.
Avvalroq Kursiv O‘zbekistonda kichik biznesni rivojlantirish uchun 6 trillion so‘m ajratilishi haqida yozgan edi.