Dollarning kursi ortga qaytdi

eʼlon qilindi
Uning qiymati 15,07 so‘mga pasaydi
Foto: Pasja100 / Pixabay

28-fevral kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha kursi 15,07 so‘mga pasaydi va 12 484,94 so‘mni tashkil qildi.

Bugun mamlakatning tijorat banklari AQSh valyutasini 12 425 – 12 460 so‘mdan xarid qilib, 12 490 – 12 565 so‘mdan sotishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 27-fevral kuni dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 19,11 so‘mga ko‘tarilgan edi.

Shuningdek