«Milliy tiklanish» partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov jinoyat kodeksida “pornografik mahsulot” tushunchasini kengaytirishni taklif qildi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Deputat bolalarga nisbatdan zo‘ravonlikka qarshi qonun loyihasiga izoh berdi
Foto: parliament.gov.uz

Oʻzbekistonda jinoyat kodeksida pornografiya tushunchasini kengaytirish zarur, deydi «Milliy tiklanish» partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov.

Deputat oʻzining Telegram kanalida 27-fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qabul qilingan bolalarni zoʻravonlikdan himoya qilishga qatilgan qonun loyihasiga izoh berdi.

«Bolalar va yoshlarni faqat zoʻravonlikdan emas, axloqsizlikning zararli taʼsirlaridan ham himoya qilishimiz kerak. Ijtimoiy tarmoqlarda axloqsizlikni targ’ib qilayotganlarni bu modda bilan jazolash uchun Jinoyat kodeksida berilgan “pornografik mahsulot» tushunchasini kengaytirish, unda fahshga targʻib qilishning har qanday shaklini qamrab olish zarur”, — deb yozgan Qodirov.

Shuningdek, u pornografik mahsulotlarni tarqatish yoki reklama qilish uchun Jinoyat kodeksining 130-moddasiga koʻra, 400 ming soʻmdan 600 ming soʻmgacha miqdorda jarima yoki 360 soat jamoat ishlari yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari tarzida jazo nazarda tutilishini eslatdi.

Eslatib oʻtamiz, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari yigʻilishida ota-onalar tomonidan tarbiyaviy maqsadlarda bolalarga nisbatan jismoniy zoʻravonlik qoʻllashni taqiqlovchi qonun loyihasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan koʻrib chiqilayotgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek