Yangiliklar

Muammoli kreditlar ko‘paydi

Markaziy bank soʻnggi statistik maʼlumotlarni eʼlon qildi
Foto: «O‘zA»

Markaziy bank xabariga ko‘ra, 2024-yil yanvar oyida bank sektorining kredit portfeli 0,4 foizga kamayib, 469,6 trln so‘mni ($37,7 mlrd) tashkil etdi, muammoli kreditlar ulushi esa 3,5 foizdan 4,3 foizga o‘sdi (3,4 trln so‘mga).

Ushbu muammoli kreditlar hajmining 15,4 trln so‘m davlat banklariga tegishli.  Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, kredit portfeliga nisbatan muammoli kreditlarning eng katta ulushiga ega bo‘lgan bank Octobank bo‘ldi. Uning kreditlarining 75 foizi muammoli.

Ikkinchi o’rinni egallagan «Madad invest banki»ning muammoli kreditlar ulushi pastroq (28 foiz). Uchinchi o’rinda «Eron Saderot banki» (18,9 foiz) turibdi.

«Milliy bank» qaytarilmaydigan kreditlar miqdori bo‘yicha yetakchi o‘rinni saqlab qolishda davom etmoqda. Ushbu moliya muassasasida kreditlarning umumiy miqdori 3,5 trln so‘mni tashkil etadi. Biroq portfeldagi muammoli kreditlarning ulushi unchalik katta emas (3,6%).

Undan keyin esa 2,3 trln so‘m miqdoridagi qaytarilmaydigan kreditlarning umumiy hajmi bilan «Biznesni Rivojlantirish banki» turibdi (11 foiz). Uchinchi o‘rinni 2,1 trln so‘m (3,9%) miqdoridagi qaytarilmaydigan kreditlarning umumiy hajmi bilan «SQB» egalladi.

Avvalroq «Kursiv» qoidabuzarliklar uchun banklar qanday jarimalar to‘lashi haqida xabar bergan edi. Ayrim hollarda jarima miqdori 2 mlrd so‘mga yetishi mumkin. Ammo miqdor qonun buzilishining jiddiyligiga bog’liq. Masalan, bankda muammoli aktivlarni boshqarish jarayoni tashkil etilmaganligi uchun 100 mln so‘m jarima belgilangan.