Grossmeyster Nodirbek Abdusattorov 2700chess.com versiyasiga koʻra dunyoning eng kuchli 10 nafar shaxmatchisi qatoridan joy oldi.
Oʻzbekistonlik shaxmatchi 100 nafar eng yaxshi grossmeyster roʻyxatida oʻninchi oʻrinda qayd etildi. Abdusattorov Prague Chess Festivali birinchi davrasidagi gʻalabasi evaziga reytingda yuqorilashga muvaffaq boʻldi.
Avvalroq Abdusattorov Fisher turnirida Magnus Karlsenni magʻlub etgani haqida xabar bergan edik.