Osiyo Olimpiya Kengashi rahbari Toshkentning 2025-yilgi yoshlar o‘yinlariga tayyorgarligini yuqori baholadi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Husayn al-Musallam O‘zbekiston poytaxtiga tashrif buyurdi
                    
                            
Osiyo Olimpiya kengashi bosh direktori Husayn Al Musallam Toshkentga tashrif buyurdi. U O‘zbekiston poytaxtida 2025-yilda bo‘lib o‘tadigan yoshlar Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik jarayonini tekshirdi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ).
Delegatsiya tarkibida Osiyo velosport konfederatsiyasi prezidenti Osama Al Shafar ham bor edi.
MOQ maʼlumotlariga koʻra, mehmonlar Toshkentning ushbu tadbirga tayyorgarligini yuqori baholashgan. Shuningdek, o‘yinlar uchun qurilayotgan sport inshootlarini texnika bilan jihozlash bo‘yicha tavsiyalar berildi. Bugun Olimpiya shaharchasiga xorijlik mutaxassislar tashrif buyurishi kutilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Olimpiya shaharchasi qurilishi haqida e’lon qilgan edi.
