Bugun, 28-fevral kuni Parij Olimpiada-2024 saralash o‘yinlarida Avstraliya ayollar terma jamoasi o‘zbekistonlik futbolchilar ustidan yirik hisobda 10:0 mag‘lub etdi.
1-taymning 1-daqiqasida jamoamiz futbolchisi Dilrabo Asadova o‘z darvozasiga to‘pni yo‘naltirdi, 4,8, 16 va 45+3- daqiqalarda Mishel Xeyman to‘pni darvoza to‘riga aniq joylashtirdi. 22-daqiqada Kaytlin Torpey hisobni 5:0 o‘zgartirdi va 36-daqiqada keyin ikki daqiqadan so‘ng gollar urildi. 1-taym yakuniga ko‘ra hisob 8:0 bo‘ldi.
2-taymda esa Avstraliya terma jamoasi ikkita gol urdi va qizlarimizni tor-mor etdi. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Parij Olimpiada-2024 saralash bosqichida yurishini to‘xtatdi.
Eslatib o‘tamiz, birinchi uchrashuvda qizlarimiz «Bunyodkor» stadionida Avstraliya vakillariga imkoniyatni boy berishgan edi.