Sony video-o‘yinlar va PlayStation konsolida ishlaydigan xodimlarni ishdan bo‘shatadi

eʼlon qilindi
Konsolning sotuvi pastligi tufayli
Foto: Unsplash

Sony transmilliy korporatsiyasi PlayStation bo’limining 900 ga yaqin xodimlarini ishdan bo‘shatishga qaror qildi. Shu tariqa uning xodimlari 8 foizga qisqaradi, deya xabar beradi The Verge.

«Biz mahalliy qoidalarga muvofiq butun jahon bo‘ylab ishchilar sonini taxminan 8 foizga yoki 900 kishiga qisqartirishni boshlash rejasini e’lon qilish uchun juda qiyin qaror qabul qildik. Bu butun dunyodagi xodimlarga, shu jumladan bizning studiyalarimizga ham ta’sir qiladi», – deya PlayStation rahbari Jim Rayan so’zlaridan iqtibos keltirgan bayonotda.

PlayStation sanoatda bir nechta taniqli video o’yinlar ishlab chiqish studiyalariga ega. Bunga quyidagilar kiradi: Insomniac Games, Naughty Dog, Guerrilla Games va Firesprite.

Ishdan bo‘shatish zarurati Sony kompaniyasining biznesni kengaytirish va rivojlantirish maqsadlari bilan izohlanadi. “Biz orqaga chekinishimiz, vaziyatga har tomonlama ko‘rib chiqishimiz va kompaniyaning uzoq muddatli barqarorligiga e’tibor qaratgan holda oldinga intilishimiz kerak»— deya qo‘shimcha qildi Rayan.

Nashrning taʼkidlashicha, ishdan boʻshatish haqidagi maʼlumotlar PlayStation 5 oʻyin konsoli sotuvi haqidagi hisobot chop etilganidan bir necha kun oʻtib paydo boʻlgan.Kompaniya maqsadli koʻrsatkichlarga erisha olmadi, bu esa Sony aksiyalari narxining $10 milliardga tushishiga olib keldi.

Avvalroq «Kursiv» Sony kompaniyasining boshqa portativ konsolni ishlab chiqish rejalari haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek