Toshkent viloyatidagi yonilg‘i quyish shoxobchasida mushtlashuv sodir bo‘ldi
eʼlon qilindi
Ushbu vaziyatga Bobur To‘laganov izoh berdi
OAVda Toshkent viloyatidagi yonilg‘i quyish shoxobchasida yuz bergan ommaviy mushtlashuv haqida ma’lumot tarqaldi. Viloyat IIB matbuot xizmati rahbari Bobur To‘laganov vaziyatga izoh berdi.
Tekshiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, voqea 26 fevral kuni Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida sodir bo‘lgan.
Toʻlaganovning soʻzlariga koʻra, viloyat ichki ishlar boshqarmasi vaziyatni nazoratga olgan, huquq-tartibot idoralari xodimlari hozirda tergovga qadar tekshiruv oʻtkazmoqda.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq Kursiv O‘zbekistondagi avtomobil egalari mamlakatdagi metan yoqilg‘i quyish shoxobchalaridagi uzun navbatlardan shikoyat qilgani haqida yozgan edi.