Alphabet kompaniyasi irqchilik sababli deyarli $97 mlrd yoʻqotdi

eʼlon qilindi
Gemini sun'iy intellekti noaniq tarixiy suratlarni yaratdi
Foto: Unsplash

Google taʼsischisi Alphabet kompaniyasi aksiyalari irqchilikda ayblangan Gemini sunʼiy intellekt (AI) vositasining toʻxtatilishi tufayli 5,4 foizga arzonlashdi. Bu haqda Fox News xabar bermoqda.

Gemini yaratgan rasmlarda bir qator foydalanuvchilar oq tanli odamlarni qora tanlilar bilan osiyoliklarni asl amerikaliklar bilan almashtirib, noaniq tarixiy tasvirlarni yaratganini payqagan.

Google bosh ijrochi direktori Sundar Pichai bu holatni nomaqbul deb atadi va texnik guruh hozirda muammoni bartaraf etish ustida ishlamoqda. Geminining kelayotgan bir necha hafta ichida qayta ishga tushishi kutilmoqda.

Instrument bilan bogʻliq muammolar tufayli kompaniya aksiya 5,4 foizga tushib, $96,9 milliard yoʻqotdi. Kompaniyaning bozor kapitallashuvi esa $1,702 trillion qisqardi.

Avvalroq «Kursiv» Alphabet aksiyalari yanvar oyida reklama tufayli tushib ketgani haqida ma’lum qilgan edi.

Shuningdek