2024-yil 1-iyunga qadar jamoatchilik ekologiya nazoratchiligiga nomzodlar Ekologiya vazirligi tomonidan mustaqil taʼlim shaklida maxsus tayyorgarlikdan oʻtkaziladi. Vazirlik ekologiya inspektorlari qanday harakatlar uchun jarima solishi mumkinligini tushuntirdi.
Atrof-muhitni muhofaza qilish inspektorlari ruxsat etilmagan joylarga chiqindilarni tashlash yoki yoqish, avtomashinalarni ochiq suv yaqinida yuvish, noqonuniy shag’al qazish, ov qilish, daraxtlarni kesish va oqava suvlarni oqizish uchun dalolatnoma rasmiylashtiradi.
Shuningdek, ular brakonerlikka qarshi kurashadi, tabiatni muhofaza qilish samaradorligini oshiradi, ekologik huquqbuzarliklarni aniqlaydi va bartaraf etadi.
Avvalroq Kursiv Toshkent issiqlik elektr stansiyasi atrof-muhitga yetkazilgan zarar uchun 1 milliard so‘m jarimaga tortilgani haqida yozgan edi.