O‘tgan yili yo‘l-transport hodisalarida 2282 kishi halok bo‘lgan

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Yana 9,2 ming kishi jarohatlangan
Foto: SBDD

2023-yilda O‘zR’da yo‘l-transport hodisalari oqibatida 2282 kishi halok bo‘ldi. O‘tgan yil davomida mamlakatimizda 9,8 ming yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan, ularda 9,2 ming kishi ham tan jarohati olishgan.

Xususan, 1794 ta yo‘l-transport hodisasi bolalar ishtirokida sodir bo‘lgan. Oqibatda 1568 nafar voyaga yetmagan bola tan jarohati olgan, 263 nafar bola halok bo‘lgan.

2023-yilda O‘zbekiston avtomobil yo‘llarida 16 mln yo‘l harakati qoidabuzarliklari qayd etilgan. Jumladan, 13 milliondan ortiq qo‘pol qoidabuzarliklar, qariyb 42 ming holatda haydovchilarning mast holatda rulga o‘tirishi, 300 mingdan ortiq piyodalar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar kiradi.

O‘tgan yilning sentabr oyida O‘zR rahbari Shavkat Mirziyoyev yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd qiluvchi kameralar o‘rnatilgan hududlarda YTHlar soni 30 foizga kamayganini aytgan edi. O’sha paytda respublikada jami 2,5 ming kamera va radarlar o’rnatilgan edi.

Shuningdek