Prezident Qoraqalpog‘istonda ko‘prik ochilishida ishtirok etdi
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston respublikasi Amudaryo tumanida ko‘prik ochilish marosimida ishtirok etdi, deb xabar beradi davlat rahbari matbuot xizmati.
Ko‘prikning uzunligi 423 metr. U bilan birga Shovot-Qorao‘zak bekatlarini bog‘laydigan 85 km temir yo‘l hamda 3 ta vokzal ham barpo etildi.
«Orolbo‘yi mintaqasini, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasini rivojlantirish, avvalo, ekologik inqiroz oqibatlarini yumshatib, murakkab vaziyatda yashayotgan aholimizga qulay sharoitlar yaratish mamlakatimiz taraqqiyot strategiyasining bosh maqsadlaridan biridir. Ilgari ham aytganimdek, Qoraqalpog‘istonning taqdiri – bu O‘zbekistonning taqdiri, qoraqalpoq xalqining baxti va farovonligi – bu butun O‘zbekiston xalqining baxti va farovonligidir. Bugun mana shu ezgu maqsadni amalga oshirish yo‘lida yana bir ulkan qadam qo‘ymoqdamiz», – dedi davlat rahbari.
Yangi ko‘prik va temir yo‘lning ochilishi mintaqaning transport infratuzilmasini sezilarli darajada yaxshilaydi. Yo‘lning o‘tkazuvchanligi oshadi, bu yo’lovchilar uchun sayohat vaqtini qisqartiradi va daryodan xavfsiz o’tishni ta’minlaydi.
Yuk tashish hajmining oshishi va ularning tannarxining pasayishi Qoraqalpog‘iston va Xorazm iqtisodiyotiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Poyezdda tosh tashish yo‘llar holatini yaxshilaydi va Orolbo‘yi aholisiga ham, tadbirkorlarga ham, sayyohlarga ham foyda keltiradi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston va Rossiya Federatsiyasi Qoraqalpogʻistonda metallurgiya klasterini ishga tushirishni rejalashtirishganini e’lon qilgan edi.