“Qizilqumsement” daromadi bir yarim barobardan ziyod oshdi
«Qizilqumsement» aksiyadorlik jamiyatining 2023-yil IV-choragida sof foydasi 469,6 mlrd so‘mni tashkil etdi, bu 2022-yilga nisbatan 56,9 foizga ko‘pdir, korxona hisobotiga ko‘ra.
Shu davrda yalpi foyda 638,1 mlrd so‘mdan 809,8 mlrd so‘mga oshdi.
Shu bilan birga, «Qizilqumsement»ga uzoq muddatli bank kreditlari yil davomida 70,9 foizga kamayib, 45,9 mlrd tashkil etdi.
«Qizilqumsement» 1977-yilda Navoiy shahrida tashkil etilgan. Korxonaning asosiy faoliyati sement, ohak, temir-beton buyumlar ishlab chiqarishdan iborat.
Joriy yilning 29-fevral holatiga ko‘ra, kompaniya ulushining 68,2 foizi 2022-yil boshida sotib olingan United Cement Group xoldingiga tegishli. Qolgan 31,8 foiz ulush «Qizilqumsement»ga.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda sement ishlab chiqarish 2021-yil darajasiga qaytganini e’lon qilgan edi.