S&P: O‘zbek so‘mi va qozoq tengesi mintaqada zaif valyutalar qatorida

eʼlon qilindi
S&G tahliliga ko‘ra
Foto: HenningMarquardt / depositphotos.com

S&P Global tahliliga ko‘ra, Gruziya larisi va arman dramining kursi Qozog‘iston tengesiga nisbatan ko‘proq mustahkamlandi, o‘zbek so‘mi esa 2022-2023 yillarda zaiflashdi. Bu xulosalar «Bank sektorining istiqboli 2024: Markaziy Osiyo va Kavkaz» yangi S&P hisobotida keltirilgan.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, Oʻzbekistonda dollarizatsiyaning yuqori darajasi bank aktivlari va rentabellik koʻrsatkichlariga tahdid solmoqda. Valyuta risklarni saqlanib qolishi va 2024-yilda dollarizatsiyani pasayishi kutiladi, bu esa banklar uchun kredit va kapital risklarining oshishiga olib kelishi va valyuta kursi o‘zgargan taqdirda ularning kapitaliga bosim o‘tkazishi mumkin.

O‘zbekiston milliy valyutasi 23-fevral holatiga ko‘ra AQSh dollariga nisbatan yanvar oyining oxiriga nisbatan 0,56 foizga zaiflashgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning so‘nggi ish kuni, 29-dekabrda O‘zbekistonda dollar kursi 12 352,86 so‘m etib belgilangan edi.  2022-yil 30-dekabrda Amerika valyutasining birjadagi o‘rtacha tortilgan almashuv kursi 11 246,81 so‘mni tashkil qilgan edi. Bu 2023-yilda so‘mning AQSh dollariga nisbatan 9,8 foizga zaiflashganini anglatadi.

Avvalroq «Kursiv» 2024-yilda O‘zbekistonda inflyatsiya qanday bo‘lishini e’lon qilgan edi.

Shuningdek