29-fevral, payshanba kuni ertalab Toshkent shahrining Mirzo-Ulug‘bek tumanida «Tracker» rusumli avtomashina 197 km/soat tezlikda harakatlanayotgan King Long avtobusiga borib urildi, deb xabar berdi «Toshshahartransxizmat».
Avtomobil haydovchisi kasalxonaga yetkazilgan. Ma’lumki, voqea sodir bo‘lgan vaqtda avtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagan.
Eslatib o‘tamiz, «Toshshahartransxizmat»dan besh nafar xodim ishdan bo‘shatildi. Avvalroq bir nechta avtobus nosozliklar tufayli yo‘l-transport hodisasiga uchragan edi.
Kursiv Penzada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haqida yozgan edi.