Uzum market avtomobil oldi-sotdi xizmatini ishga tushirdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Hozircha test rejimida ishga tushirildi
Foto: alexeynovikov / depositphotos.com

Uzum internet doʻkoni tomonidan test rejimida avtomobil xarid qilish xizmati – Uzum Avto ishga tushirildi. Bu haqda «Kursiv»ga kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Hozircha poytaxt dilerlaridan avtomobillarni xarid qilish mumkin. Kelgusida savdo maydonchasi butun mamlakat boʻylab dilerlik tarmogʻini kengaytirish va xususiy mulkdorlarni jalb etish niyatida.

«Uzum Avto dilerlarning hujjatlarini tekshiradi va bizning vitrinamizda taqdim etilgan barcha avtomobillar sotuvda borligi, ularning tavsifi va fotosuratlari haqiqatga toʻgʻri kelishi uchun javobgardir», deydi Uzum Avto boshqaruv direktori Yegor Abramets.

Kelajakda sayt xaridlarni toʻlash uchun moliyaviy xizmatni ishga tushirishni rejalashtirgan.

Shuningdek, xizmat foydalanuvchilari xarid tafsilotlarini muhokama qilish uchun toʻgʻridan toʻgʻri dilerga murojaat qilishlari mumkin. Kelgusida Uzum Avto saytning hamkor banklaridan kredit ham olish imkoniyatiga ega boʻladi.

Avvalroq «Kursiv» Uzum marketga kiritilgan sarmoya $100 milliondan oshgani haqida maʼlum qilgan edi.

Shuningdek