2023-yilda 17 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosi AQShga noqonuniy kirib kelgan

eʼlon qilindi
Umuman olganda, Markaziy Osiyodan 50 ming noqonuniy muhojir Amerika chegarasini kesib o'tgan
Foto: Piqsels

Transaction Records Analysis Center maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilda AQShga oʻzbekistonlik 17 ming noqonuniy muhojir kirib kelgan. Bu haqdagi xabar Daily Mail nashrida chop etilgan.

Markaziy Osiyodan 40 ming muhojir Amerikada boshpana masalasi bo’yicha sud qarorlarini kutmoqda. Ular orasida O‘zbekiston fuqarolaridan tashqari 7 ming Qirg‘iziston, 3 ming Tojikiston, 2,7 ming Qozog‘iston va 2 ming Turkmaniston fuqarolari bor.

Montana shtatidan senator Stiv Daynsning aytishicha, o‘tgan yili Markaziy Osiyodan 50 ming noqonuniy muhojir Amerika chegarasini kesib o‘tgan.

AQSh hukumati muhojirlar davlat uchun xavf tug’diruvchi «terrorchi tashkilotlarning yashirin hujayralari»ning bir qismi bo’lishi mumkinligidan xavotirda.

Avvalroq Kursiv 2023-yilda O‘zbekistonning yuzdan ortiq fuqarosi AQShdan deportatsiya qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek