Bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasiga start beriladi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Namanganning Navbahor klubi o‘z maydonida Samarqandning Dinamo jamoasi bilan 1-tur o‘yinlariga start berishadi
                    
                            
Bugun, 1-mart kuni O‘zbekiston futbol bo‘yicha Superliga bahslariga start beriladi, deb xabar beradi Professional futbol liga matbuot-xizmati.
Soat 18:00 Namanganning Navbahor klubi o‘z maydonida Samarqandning Dinamo jamoasi bilan 1-tur o‘yinlariga start berishadi.
1-turdan joy olgan ikkinchi bahs Qarshining Nasaf jamoasi Toshkentning Olimpik klubiga qarshi soat 19:15 to‘p suradi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempioni poytaxtning Paxtakor klubi chempion bo‘lgan edi.
