Buxoro shahridagi avtomobil do‘konining yerto‘lasida gaz-havo aralashmasining portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi jarohatlandi, deb xabar qildi O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Voqea 1-mart, juma kuni sodir bo‘lgan. Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, portlash beton plitalarning qulashiga olib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyi boshida Andijon shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘lgan edi.
Avvalroq «Kursiv» Toshkentda 2023-yil sentabrida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 300 ga yaqin uy zarar ko‘rgani haqida yozgan edi.