Farg‘ona vodiysida erta tongda zilzila sodir bo‘ldi
eʼlon qilindi
Yer qimirlashini besh tuman va ikki shahar aholisi his qildi
O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysida 2-3 magnitudali zilzila qayd etildi, deb xabar berdi mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring markazi.
Mahalliy vaqt bilan soat 05:22 da Quva tumani aholisi uch magnitudali yer silkinishini his qildi. Balandligi 3,5 ballni tashkil qilgan.
Zilzila Marhamat, Toshloq, Asaka, Shahrixon tumanlarida, Farg‘ona va Quvasoy shaharlarida ham sezilgan. Bu hududlarda silkinishlar kuchi ikki ballni tashkil qilgan.
Avvalroq «Kursiv» 30-yanvar kuni Xitoyning Qirg‘iziston bilan chegarasida kuchli zilzila sodir bo‘lgani haqida e’lon qilgan edi. Uning aks-sadolari O‘zbekistonda ham sezilgan edi.