Fransiya kompaniyasi Xorazm viloyatida quyosh elektr stansiyasini quradi

eʼlon qilindi
Davlat rahbari bir kun avval Xorazm viloyatiga tashrifi chog‘ida mazkur loyihaning ishga tushirish marosimida ishtirok etdi
Foto: O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati

Xorazm viloyatida 100 megavatt quvvatga ega fotoelektr stansiyasi qurilishi boshlandi. Loyiha Fransiyaning Voltalia kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev matbuot xizmati.

Davlat rahbari bir kun avval Xorazm viloyatiga tashrifi chog‘ida mazkur loyihaning ishga tushirish marosimida ishtirok etdi.

«Barchangizni nafaqat Xorazm viloyati, balki butun mamlakatimiz iqtisodiyotiga yangi ruh va nafas olib kiradigan mana shunday yangi quvvatlar bilan tabriklayman», — dedi Mirziyoyev.

Voltaliya elektr stansiyasi mintaqadagi birinchi yirik ob’ekt bo’ladi. Yiliga 254 million kilovatt-soat energiya ishlab chiqaradi. Bu Xorazm viloyati ehtiyojining 11 foizini tashkil etadi.

Stansiya 2024-yil oxirigacha tarmoqqa ulanishi kutilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistondagi fotoelektr stansiyalarining umumiy quvvatini 2,6 gigavattgacha oshirish rejalashtirilayotganini yozgan edi.

Shuningdek