Joriy yilda Xorazmda yuzdan ortiq ko‘p qavatli uylar quriladi

eʼlon qilindi
Hududda “Yangi Oʻzbekiston” massivlari ham paydo boʻladi
Foto: Unsplash

Xorazm viloyatida joriy yilda 119 ta ko‘p qavatli uy quriladi, dedi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

Viloyatda ham «Yangi O‘zbekiston» massivlari qurilib, 100 ta ko‘p qavatli uy qurilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Davlat rahbari Xiva, Shovot va Hazoraspni urbanizatsiya uchun namunaviy hududga aylantirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Yil oxirigacha Urganch va Xiva, shuningdek, Gurlen va Tuproqqalʼa tumanlarida kanalizatsiya tarmoqlarini qurish ishlari boshlanadi.

Rejalarda elektr tarmoqlari, podstansiyalar va transformatorlarni to‘liq yangilash bo‘yicha uch yillik dastur ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.

Joriy yilda 1 ming km tarmoq, o‘nta podstansiya va 500 transformator yangilanadi.

Mirziyoyev yaqin ikki yilda viloyatda birorta ham tuproq yoʻl qolmasligi kerakligini taʼkidladi. Jumladan, Xorazm viloyatida 233 km «hajm»usulida tamirlanadi, 4P-156 avtomobil yo‘lining 84 km sement qoplmaga o‘tkaziladi.

Avvalroq Kursiv Xitoyning CAMC Engineering kompaniyasi Farg‘ona viloyatida maktab va poliklinikalar qurilishini boshlashi mumkinligini yozgan edi.

Shuningdek