Avtomobil kreditlari uchun talablar kuchaytirilganiga qaramay, hali ham daromadni tasdiqlovchi hujjatsiz banklardan avtokreditga yangi yoki eski mashina sotib olish mumkin. Qaysi banklarda bunday kreditlar beriladi – «Kursiv» maqolasida o‘qing.
Sanoat Qurilish Bank
SQB yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun daromadni tasdiqlovchi hujjatsiz avtokredit beradi. Bunda faqat 30 foiz oldindan toʻlovni amalga oshirish kerak boʻladi. Lekin kredit faqat rasmiy dilerdan sotib olingan yangi avtomobil uchun amal qiladi. Shuningdek, oʻtgan yilga nisbatan foiz stavkalari 25 foizga oshdi: agar avrokredit bir yil muddatda olinsa, stavka 25 foiz qilib belgilangan. Ikki yilga 27 foiz, uch yilga 28 foiz, toʻrt yilga 28 foiz va besh yil uchun 30 foiz qilib belgilangan.
Davr Bank
Davr Bank daromadni tasdiqlovchi hujjatlarsiz yangi Chevrolet Onix va Tracker avtomobillariga boshlangʻich 10 foiz toʻlov bilan 60 oygacha olish imkoni taqdim qilmoqda Kreditning yillik foiz stavkasi esa 33 foizni qilib belgilangan.
Asaka Bank
Asaka bankda avtokredit foiz stavkalari 50 foiz boshlangʻich toʻlov bilan yillik svatka 29 foiz qilib belgilangan. Agar 30 foiz boshlangʻich toʻlov bilan kredit olinsa, yillik stavka 31 foizgacha. Maksimal 60 oylik muddat bilan yillik foiz stavkasi 29 foizdan 31 foizgacha qilib belgilangan.
Tenge Bank
Tenge Bank boʻlsa, yillik foiz stavkasi 27,9 foizdan boshlanib, boshlangʻich toʻlovi avtomobil narxidan kelib chiqib eng kamida 25 foizni tashkil qiladigan xizmatni tashkil qiladi. Umumiy ajratiladigan kredit miqdor esa 300 million soʻm va garov miqdori kredit summasining 125 foizini tashkil qilishi kerak.
Umumiy hisobda Oʻzbekistonning 4 ta banklaridan daromadni tasdiqlovchi hujjatlarsiz avtokredit olish mumkin. Qolaversa, avtokreditlar faqat Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan va rasmiy dilerlar: UzAvtomotors, Kia, Chery kompaniyalaridan sotib olish mumkin.