Yangiliklar

Toshkentda yuk mashinalari harakati cheklandi

Cheklovlar N2, N3 va O4 toifalardagi yuk mashinalariga tegishli
Foto: Piqsels

1-martdan boshlab Toshkent shahrida og‘irligi o‘n tonnadan ortiq yuk avtomobillarining soat 07:00 dan 10:00 gacha va 17:00 dan 20:00 gacha harakatlanishi taqiqlandi.

Cheklovlar N2, N3 va O4 toifalardagi yuk mashinalariga tegishli. N2 – og’irligi 3,5 tonnadan ortiq yuk mashinalari. N3 – og’irligi 12 tonnadan ortiq bo’lgan transport vositalari. O4 – og’irligi o’n tonnadan ortiq tirkamalar.

Qabul qilingan chora maxsus xizmatlarga tegishli avtotransport vositalariga taalluqli emas.

Avvalroq Kursiv Toshkent, Nukus va O‘zbekiston viloyat markazlarida eski avtomobillar harakati cheklanishi haqida yozgan edi.