Uchta samolyot qor yog‘ishi sababli Samarqandga qo‘na olmadi
eʼlon qilindi
Havo kemalari Navoiyga qo‘nishdi
Samarqandda juma kuni ertalab kuchli qor yog‘di, shu sababli uchta samolyot shahar aeroportiga qo‘na olmadi, deb xabar berdi «Новости Ташкентского неба» Telegram kanali.
Shu tariqa, RA-73109 Aeroflot aviakompaniyasi, UK32016 Uzbekistan airways va SU6979 Rossiya aviakompaniyalarining reyslari ekipajlari muqobil aerodromga joʻnab ketish toʻgʻrisida qaror qabul qilishdi. Samolyotlar Moskva va Sankt-Peterburgdan uchgan. Samarqand o‘rniga Navoiyda qo‘nishdi.
Avvalroq «Kursiv» fevral oyi oxirida UzAirways aviakompaniyasi Kuala-Lumpurga samolyot uchish uchun tayyor emasligi sabab keyinga qoldirilganini yozgan edi.