UzAirways chiptalari 30 foizga arzonlashadi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Navro'z bayrami sharafiga
                    
                            
Uzbekistan Airways Navro‘z bayrami munosabati bilan chiptalar narxini 30 foizga pasaytiradi, dedi «O‘zbekiston havo yo‘llari» AJ axborot xizmati rahbari Dilorom Kaimbayeva.
Bu haqda u juma kuni O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida aviakompaniyaning brifingida ma’lum qildi.
Chegirmalar 21-24 mart kunlari mintaqaviy reyslar uchun amal qiladi. Chiptalarni arzonlashtirilgan narxlarda 1 martdan 24 martgacha xarid qilish mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Airways aksiyadorlik jamiyati ommaga chiqishi haqida yozgan edi.
