Xorazm viloyatida umumiy investitsiya qiymati $10 mlrddan ziyod boʻlgan yirik gaz-kimyo loyihasi ishga tushiriladi

eʼlon qilindi
Loyiha 2028-yilgacha amalga oshiriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Xorazm viloyatida 2024-2028-yillarda yirik gaz-kimyo loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbari viloyatga tashrif buyurib, mazkur loyihani amalga oshirish yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi. Yigʻilishda Oʻzbekiston Energetika vazirligi, «Oʻzkimyosanoat» AJ va nomi oshkor etilmagan xorijiy investitsiya kompaniyasi vakillari ishtirok etdi.

Loyiha doirasida yiliga 2,5 million tonna mahsulot ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Shuningdek, viloyatda uch mingta yangi ish oʻrni paydo boʻladi. Jalb qilingan investitsiyalarning umumiy qiymati $10 milliardga baholanmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Xorazm viloyatida loyiha qiymati $660 millionlik sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek