Xorazmda kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishga qancha mablagʻ ajratiladi
Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar beradi prezident matbuot- xizmati.
Xorazmda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun imtiyozli shartlarda $100 mln ajratiladi. Bu 5,5 ming tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash va 50 ming doimiy ish o‘rni yaratish imkonini beradi.
Kuni kecha davlat rahbari xorijlik investorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi va umumiy qiymati $700 mln loyihalar bilan tanishdi. Yig‘ilishda mahalliy tadbirkorlarning mamlakat iqtisodiyotiga yana $200 mln sarmoya kiritish imkoniyatlari haqidagi takliflari ham muhokama qilindi.
Avvalroq «Kursiv» Xorazm viloyatida umumiy investitsiya qiymati $10 mlrddan ziyod boʻlgan yirik gaz-kimyo loyihasi ishga tushirilishini e’lon qilgan edi.