Zara do‘konida narxlar qanday

Tashkent City Mall savdo markazida Zara kiyim-kechak do‘koni narxlarini «Kursiv» ko‘zdan kechirdi.
Ayollar uchun kiyim kechaklar narxlari bilan tanishing



Shunday qilib, koylak narxi- 1199000 so‘m, shim ham shu narxda.


Bir kostyum uchun taxminan 1,4 mln so‘m to‘lashingiz kerak bo‘ladi, qo‘l sumkasi esa 460 ming so‘mga tushadi.
Bolalar kiyimlari qancha turadi

Bolalar jinsi ko‘ylagi narxi 400 ming so‘m, hudi 260 ming so‘mdan sotib olsa bo‘ladi.


Zara 460 ming so‘mga kurtka, 560 ming so‘mlik krossovka taklif qilmoqda.

Zara erkaklarga nimani taklif qiladi

Bir futbolka 400 ming so‘m, tufli esa 1,2 mln so‘m, klassik shim 600 ming so‘m.



Kostyumni 1,4 mln so‘mga, ko‘ylakni 520 ming so‘mga sotib olish mumkin.
Avvalroq «Kursiv» Tashkent City Mall’da qaysi xorijiy brendlar do‘konlarini ochilishini e’lon qilgan edi.