2-mart kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yog‘imgarchilik kutiladi

eʼlon qilindi
Qor ko‘chishi xavfi bor
Foto: Kursiv.Media

Bugun, 2-mart kuni havo bulutli bo‘lishi mumkin, respublikaning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik(yomg‘ir, qor) kutiladi. Ba’zi joylarda tuman tushishi ehtimoli bor. Havo harorati 0-5 iliq bo‘ladi, deb xabar berdi O‘zgidromet.

Poytaxtda  havo bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin va qorga aylanishi ehtimoli bor. Ertalab va kechasi tuman tushadi. Harorat kunduzi 1-3° iliq, kechasi esa 0-1° sovuq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda qor yog‘ishi kutilmoqda. Tuman tushadi va qor ko‘chishi xavfi bor. Havo kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi, kechasi 7-12 sovuq bo‘ladi.   

Shuningdek