Aleksey Navalniy Moskvada dafn etildi

eʼlon qilindi
1-mart kuni
Foto: EPA

Rossiyalik muxolif siyosatchi Aleksey Navalniy 1-mart kuni Moskvadagi Borisovskiy qabristoniga dafn etildi. Bu haqda «Meduza» xabar bermoqda.

Navalniyning dafn marosimi Rossiya poytaxtining janubi-sharqidagi Marino shaharchasidagi «Mening qaygʻularimni soʻndir» cherkovida boʻlib oʻtdi. Cherkovga faqat qarindosh va doʻstlar kirishiga ruxsat berildi.

Nashrning maʼlumotlariga koʻra, marhumning jasadi cherkovga keltirilgach, odamlar «Navalniy!»va «Biz kechirmaymiz!» deya hayqira boshlashgan. Dafn marosimidan soʻng yigʻilganlar tomonidan «Rossiya ozod boʻladi!», «Navalniy!», «Putinsiz Rossiya», «Urush boʻlmaydi» kabi shiorlar yangragan.

Foto: Reuters

Rossiya BBC xizmati siyosatchining dafn marosimi kuni Marinoda aloqa vositalariga cheklovlar kiritilgani haqida xabar berdi.

Cherkovda xorijiy davlat diplomatlari, jumladan, AQSh elchisi Linn Treysi va Germaniya elchisi Aleksandr Graf Lambsdorff tashtif buyurgan.

Navalniy bilan soʻnggi vidolashuv amerikalik qoʻshiqchi Frenk Sinatraning «My Way» qoʻshigʻida boʻlib oʻtdi. Shuningdek, dafn marosimida siyosatchining eng sevimli filmi boʻlgan «Terminator 2» filmidagi qoʻshiq ham yangradi.

«Koʻpchilik shu sababli u haqida kulib, hazil qilishdi. Ammo bu mavzu, maʼlum boʻlishicha, u bilan xayrlashish uchun har qachongidan ham mos keladi. U oʻzi bilan ketadi. Sindirilmagan, yutqazmagan va magʻlubiyatsiz», — deya izoh berdi Navalniy tarafdori Leonid Volkov «Navalniy Live» bilan boʻlgan intervyuda.

Avvalroq «Kursiv» Aleksey Navalniyning oʻlimi haqida xabar qilgan edik.

Shuningdek