“Hududiy elektr tarmoqlari” onlayn toʻlovlarni amalga oshirishda uzilishlar haqida ogohlantirdi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Profilaktika ishlari olib borilayotgani sababli
Maʼlumotlarni qayta ishlash markazi serverlarida profilaktika ishlari olib borilayotgani munosabati bilan Oʻzbekiston fuqarolari elektr energiyasi uchun onlayn toʻlovlarni amalga oshirishda nosozliklarga duch kelishlari mumkin. Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati maʼlum qildi.
Xabarda Tizimdagi texnik nosozliklar 3-mart soat 22:00 gacha davom etishi aytildi.
«Ushbu davrda debitorlik qarzi boʻlgan isteʼmolchilar uchun tarmoqdan avtomatik uzilishlar nazarda tutilmagan», — deyiladi xabarda.
Avvalroq «Kursiv» 2024-yil yanvarida Oʻzbekistonda qariyb 100 milliard soʻmlik gaz va elektr energiyasi oʻgʻirlangani haqida maʼlum qilgan edi.