Toshkent aholisi “Xalq nazorati” portaliga asosan nimalardan shikoyat qilgan

eʼlon qilindi
Poytaxt hokimligi bu haqda ma'lum qildi
Foto: Unsplash

Toshkent shahri hokimligi tuman hokimliklari tomonidan aholi murojaatlarini hal etish borasida olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot eʼlon qildi.

1-mart holatiga koʻra, «Xalq nazorati» platformasiga 7,5 mingdan ortiq murojaatlar kelib tushgan. Asosan toshkentliklar uy-joy kommunal xoʻjaligidagi muammolari — 44,2 foiz, yoʻllar va piyodalar yoʻlaklari holatidan — 13,2 foiz, harakatni tartibga solish masalalari yuzasidan — 11 foiz shikoyatlar kelib tushgan.

Infografika: Toshkent shahri hokimligi

Eng faol fuqarolar 35 yoshdan 44 yoshgacha boʻlgan aholi o‘rtasida ko‘zatilgan. Ular barcha qoʻngʻiroqlarning 45,6 foizini, 25 yoshdan 34 yoshgacha boʻlgan fuqarolarning ulushi esa 30,7 foizni tashkil etadi.

Shu bilan birga, Yashnobod, Mirzo Ulugʻbek, Yunusobod va Chilonzor tumanlari fuqarolaridan kelib tushgan muddati oʻtgan murojaatlar 69,4 foizini tashkil etdi.

Avvalroq «Kursiv» Toshkent va Nukusda eski mashinalardan foydalanish taqiqlanishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek