Bunyodkorning qarzi, avtomobil importi, xalqaro investitsiya forumi, bitkoin o‘sishi, Markaziy Osiyodagi iste’molchilar ishonchi, «zapravka»lardagi navbatlar, muammoli kreditlar, yashil energiya: haftaning dolzarb yangiliklari
Tribuna.uz xabariga ko‘ra, FIFA qarori bo‘yicha «Bunyodkor» futbol klubi Rivaldoga 8,1 mln, Denilsonga esa 1,1 mln yevro to‘lashi shart.
Yevroosiyo banki 200 mlrd so‘mlik aksiyalarni chiqardi
O‘zbekiston Istiqbolli loyihalar milliy agentligining yagona korporativ axborot portalida e’lon qilingan xabarda Qozog‘iston Yevroosiyo bankining sho‘ba korxonasi – «Yevroosiyo banki» aksiyadorlik jamiyati dastlab aksiyalarini chiqargan.
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi
2024-yil 2-3-may kunlari Toshkent shahrida Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF-III) bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi O‘zR Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.
Bitkoin narxi 2021-yilgi rekordni yangiladi
Coindesk platformasi maʼlumotlari bo‘yicha, 27-fevral seshanba kuni ertalab soat 8:10 holatiga koʻra, bitkoin narxi $56,36 mingga yetgan.
Haydovchilar «zapravka»lardagi navbatlardan shikoyat qilishmoqda
O‘zbekistonda yana metan yoqilg‘i quyish shoxobchalarida uzun navbatlar kuzatila boshlandi. Bu haqda avtomobil egalari Kursiv ga xabar berishdi.
2024-yil yanvar oyida Markaziy Osiyodagi isteʼmolchilar ishonchi: kelgusidagi ijobiy oʻsish
Yettinchi oydirki, Freedom Finance Global Markaziy Osiyo davlatlari: Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikiston mamlakatlar aholisining isteʼmolchilar ishonchi, kutilayotgan inflyatsiya va devalvatsiyasini oʻrganmoqda. 2024-yilning birinchi oyi Yangi yil bayramlaridan keyin jamoatchilik kayfiyati qanday oʻzgarganini koʻrsatdi. Bu esa mavsumiy omil sifatida natijalarga taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Muammoli kreditlar ko‘paydi
Markaziy bank xabariga ko‘ra, 2024-yil yanvar oyida bank sektorining kredit portfeli 0,4 foizga kamayib, 469,6 trln so‘mni ($37,7 mlrd) tashkil etdi, muammoli kreditlar ulushi esa 3,5 foizdan 4,3 foizga o‘sdi (3,4 trln so‘mga).
2024-yilda yashil energiya ulushi 15 foizga yetadi
2024-yilda O‘zbekistonda yashil energiyaning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 15 foizga yetadi. Yig‘ilishda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev shunday rejalar haqida ma’lum qildi.
Telegram kanal egalariga monetizatsiya xizmatini ishga tushiradi
Telegram messenjeri mart oyidan 100 ta davlatda reklama platformasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu kanal egalariga reklama namoyishi uchun xizmat daromadining 50 foizini olish imkonini beradi. Bu haqda Telegram asoschisi Pavel Durov maʼlum qildi.
Tashkent City Mall’da qaysi xorijiy brendlar do‘konlarini ochishdi‘
Bugun, 29-fevral kuni Tashkent City Mall ochildi. «Kursiv» savdo markazi ochilishini kuzatdi va fotoreportaj tayyorladi.
Yanvar oyida O’zbekiston banklarining daromadliligi ikki baravardan ko’proq kamaydi
2024-yilning birinchi oyida O‘zbekiston banklari jami 396 milliard so‘m sof foyda oldi. Respublika Markaziy banki maʼlumotlariga koʻra, bu koʻrsatkich 2023-yilning yanvariga nisbatan (1,04 trln) yarmidan koʻproqqa kamaydi.
Fransiya kompaniyasi Xorazm viloyatida quyosh elektr stansiyasini quradi
Xorazm viloyatida 100 megavatt quvvatga ega fotoelektr stansiyasi qurilishi boshlandi. Loyiha Fransiyaning Voltalia kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatini rivojlantirish uchun $1,9 milliard ajratilishini ma’lum qildi
Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga $1,1 milliard va 10 trillion soʻm ($799,2 million) yoʻnaltiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmda faollar bilan yigʻilishda maʼlum qildi.
Qaysi banklardan rasmiy ish haqqi toʻgʻrisidagi hujjatlarsiz avtokredit olish mumkin
Avtomobil kreditlari uchun talablar kuchaytirilganiga qaramay, hali ham daromadni tasdiqlovchi hujjatsiz banklardan avtokreditga yangi yoki eski mashina sotib olish mumkin. Qaysi banklarda bunday kreditlar beriladi – «Kursiv» maqolasida o‘qing.