AQSh elchixonasi: “Kontrabandachilar odamlarga tovar sifatida munosabatda boʻladi”

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
AQSh elchixonasi O‘zbekiston fuqarolarining deportatsiya qilinishiga izoh berdi
Foto: UzReport

Amerikaning Oʻzbekiston elchixonasi Meksika bilan chegara orqali AQShga noqonuniy kirgan Oʻzbekiston fuqarolarining AQShdan chiqarib yuborilishiga izoh berdi.

Elchixonaning bildirishicha, kechagi parvoz AQSh hukumati tomonidan noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash boʻyicha koʻrilayotgan eng soʻnggi chora boʻldi.

«AQShga noqonuniy migratsiya xavfli va qimmatga tushadi. Biz Oʻzbekiston fuqarolariga odamlarga tovar sifatida qaraydigan jinoiy kontrabandachilarga aldanmaslikni qatʼiy tavsiya qilamiz», — deyiladi xabarda.

Diplomatlar, shuningdek, noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilish boʻyicha Oʻzbekiston rasmiylari bilan hamkorlikda ish olib borilayotganini taʼkidladi.

Eslatib oʻtamiz, 3-mart kuni 74 nafar Oʻzbekiston fuqarosi Toshkentga qaytarildi. Avvalroq ular Meksika bilan chegaradan noqonuniy ravishda AQShga oʻtishga harakat qilgan.

Shuningdek