Moskva viloyatida ish beruvchilarni mehnat muhojirlari uchun uy-joy qurishga majburlashadi
Moskva viloyati hokimiyati investorlarni mehnat muhojirlari uchun yotoqxonalar qurish majburiyatini yukladi, deb yozadi «Kommersant».
Bu talab viloyat gubernatori Andrey Vorobyovning «Ayrim toifadagi shaxslarni, shu jumladan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni uy-joy bilan taʼminlashni tashkil etish toʻgʻrisida»gi farmoyishida koʻrsatilgan. Hujjatda migrantlarni ishga oluvchi kompaniyalar ularni uy-joy bilan ta’minlashi kerakligi ko‘rsatilgan.
Qurilayotgan yotoqxonalar va mehmonxonalar mintaqaviy standartlarga javob berishi kerak. Shunday qilib, bir kishi uchun kamida to’rt-olti kvadrat metr maydon kerak. Bundan tashqari, uy-joy migrantlar ishlayotgan obyektlar hududida joylashgan bo’lishi kerak.
Mintaqaviy hokimiyat organlarining yangi talabiga ko’ra, ish beruvchilar ish bilan band bo’lgan migrantlarning kamida 70 foizini uy-joy bilan ta’minlashi shart. Ushbu omillar hukumat tomonidan Moskva viloyatida omborlar va tarqatish markazlarini qurish loyihalarini tasdiqlashda hisobga olinadi.
Avvalroq «Kursiv» Rossiyada O‘zbekistonning 1 millionga yaqin fuqarosi mehnat qilayotgani haqida yozgan edi.